Pomidoringizni kasallikdan asrang! Keyingi yillarda pomidor fitoftorozi, deb atalgan kasallik issiqxonalarda keng tarqaldi. U salqin va nam (yomg‘irli, shabnamli) ob-havoda pomidor mevalarining 60-70 foizi zararlashi mumkin.

16-Iyul, 2025-yil

Pomidoringizni kasallikdan asrang! 
 
Keyingi yillarda pomidor fitoftorozi, deb atalgan kasallik issiqxonalarda keng tarqaldi. U salqin va nam (yomg‘irli, shabnamli) ob-havoda pomidor mevalarining 60-70 foizi zararlashi mumkin. 
 
Bu kasallikni tarqatuvchining zamburug‘i ochiq dalalarda tuproq ustida o‘simlik qoldiqlarida va ituzumdoshlar oilasiga mansub begona o‘tlarda qishlaydi. Kasallik ekinga qo‘shni dalalardagi kartoshka va pomidordan ham tarqaladi. 
 
Dalada pomidorda fitoftoroz kartoshkada paydo bo‘lishidan oldin kuzatiladi. Qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ning har xil irqlari mavjud va pomidor navlari ular bilan har xil darajada zararlanadi. 
 
Unga qarshi kurarish uchun "AGRO-MANKOZEB", "AGRO-RIDOMIL", "Agro-Ridomil"," RIDOMIL GOLD MS" kabi preparatlarni ularning yorliqlarida yozilgan foydalanish tartiblariga amal qilgan holda qo‘llash yaxshi samara beradi. 
 
Odiljon Shomurodov, 
Past Darg‘om tumani o‘simliklar karantini va himoyasi bo'limi fitosanitar davlat nazorati inspektori.

✅@samarqandyangiliklari‌‌

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech