Payariq tumanida defoliatsiya jarayonlari qizg‘in davom etmoqda Payariq tumani paxtakorlari joriy mavsumda yuqori hosil olishga bel bog‘lagan. Bu borada muhim agrotexnik tadbirlardan biri bo‘lgan defoliatsiya ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Tumanda jami 8 310 gektar paxta maydoni mavju

26-Sentabr, 2025-yil

Payariq tumanida defoliatsiya jarayonlari qizg‘in davom etmoqda 
 
Payariq tumani paxtakorlari joriy mavsumda yuqori hosil olishga bel bog‘lagan. Bu borada muhim agrotexnik tadbirlardan biri bo‘lgan defoliatsiya ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Tumanda jami 8 310 gektar paxta maydoni mavjud bo‘lib, shundan 7 125 gektar maydonda defoliatsiya qilish rejalashtirilgan. Buning uchun zarur bo‘lgan 7 145 gektar maydonga yetadigan defoliantlar zaxirasi yaratilgan. 
 
Defoliatsiya jarayonlarining samaradorligini oshirish va belgilangan muddatlarda yakunlash maqsadida viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazorat tadbirlari tashkil etilmoqda. Viloyat boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Ismoilov boshchiligidagi ishchi guruh Payariq tumanidagi  "Qorasuv sohillari" fermer xo‘jaligining 5 gektarli va "Sardorjon Suyarov" fermer xo‘jaligining 12 gektarli paxta maydonlaridagi defoliatsiya ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi. Nazorat davomida defoliantlardan foydalanish meyorlariga, ishlarning xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishiga, shuningdek, texnikadan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratildi. 

Bu kabi nazorat tadbirlari paxta hosili sifatini oshirish va terim ishlarini o‘z vaqtida yakunlashga xizmat qiladi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati


Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech