Payariq tumani Oqqo‘rg‘on MMTPsida Mo‘min Botir, Habibullo Fayzullo va Shodiyev Qo‘ziboy fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlari viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi

3-Iyun, 2025-yil

Payariq tumani Oqqo‘rg‘on MMTPsida Mo‘min Botir, Habibullo Fayzullo va Shodiyev Qo‘ziboy fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlari viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Ismoilov boshchiligida tekshirildi. Nazorat davomida fermerlarga feromon tutqichlarning samarasi va foydalari haqida foydali tushunchalar berildi. 
 
Feromon tutqichlar zararkunandalarni nazorat qilishda samarali vosita bo‘lib, ular zararkunandalarni jalb qilish orqali qurtlar ko‘payishini cheklaydi. Bu usul kimoviy vositalardan foydalanishni kamaytirish imkonini beradi. Fermerlar zamonaviy himoya usullarining ahamiyatini haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ushbu usul nafaqat paxta hosilini oshirish, balki ekologik toza mahsulot olish maqsadiga xizmat qiladi. 
 
A. Ismoilov boshchiligidagi inspektorlar tomonidan berilgan ma’lumotlar fermer xo‘jaliklarining samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech