Paxtachilikda innovatsion yondashuvlar: Seminar yig‘ilishidan reportaj Samarqand viloyatida paxtachilik sohasini rivojlantirish, hosildorlikni oshirish va yangi texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu maqsadda Ishtixon tumanidagi "Maroqand sifat tekstil" MCHJ paxta to‘q

8-Avgust, 2025-yil

Paxtachilikda innovatsion yondashuvlar: Seminar yig‘ilishidan reportaj 
 
Samarqand viloyatida paxtachilik sohasini rivojlantirish, hosildorlikni oshirish va yangi texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu maqsadda Ishtixon tumanidagi "Maroqand sifat tekstil" MCHJ paxta to‘qimachilik klasterining paxta maydonida muhim seminar yig‘ilishi tashkil etildi. 
 
Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari SH.F. Xudoyberdiyev rahbarligida o‘tgan mazkur yig‘ilishga viloyat Paxtachilik kengashi a’zolari, viloyat va tumandagi qishloq xo‘jaligiga aloqador barcha tashkilotlar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari tashrif buyurdi. 
 
Seminarning asosiy diqqat markazida Xitoy texnologiyasi asosida ekilgan g‘o‘zaning afzalliklari boʻldi. SH.F. Xudoyberdiyev o‘z nutqida ushbu texnologiyaning muhim jihatlari – g‘o‘zaning zararkunandalarga chidamliligi, ko‘chatlarning optimal soni, suvga tejamkorligi, shuningdek, o‘sishni boshqaruvchi biostimulyatorlar va begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlar bilan ishlashning samaradorligiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu innovatsion yondashuvlar hosildorlikni sezilarli darajada oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi. 
 
Yig‘ilish yakunida 2025-yil hosili uchun Xitoy texnologiyasi asosida ekilgan g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida bajarish, g‘o‘zani chanqatmaslik, zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralarini qo‘llash bo‘yicha olimlar tomonidan ilmiy asoslangan tavsiyalar va aniq topshiriqlar berildi. 
 
Ushbu seminar viloyat paxtachiligida ilm-fan va innovatsiyalar uyg‘unligini ta’minlash, fermerlarni yangi texnologiyalar bilan tanishtirish va ularni joriy etishga undashda muhim qadam bo‘ldi.

Bizni kuzatishda davom eting👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech