Paxtachilikda biologik himoya usullarining qo‘llanilishi Samarqand viloyatining Narpay tumani, Zarafshon MMTP hududidagi "Absalom Xushmatov" f/x ligi paxta maydonlarida o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish maqsadida biologik ishlov berish jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Paxtachilikda biologik himoya usullarining qo‘llanilishi
Samarqand viloyatining Narpay tumani, Zarafshon MMTP hududidagi "Absalom Xushmatov" f/x ligi paxta maydonlarida o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish maqsadida biologik ishlov berish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Biologik ishlov – bu qishloq xo‘jaligida zararli organizmlarga qarshi kurashda ularning tabiiy kushandalari yoki ular asosida tayyorlangan biopreparatlardan foydalanishga asoslangan ekologik yondashuvdir.
Bu usul sintetik pestitsidlar qo‘llanilishini kamaytirib, agroekotizimlardagi bioxilma-xillikni saqlashga, tuproq va suv resurslarining kimoviy ifloslanishini oldini olishga hamda yetishtiriladigan mahsulotning sifatini oshirishga xizmat qiladi. Zamonaviy integratsiyalashgan zararkunandalarga qarshi kurash (IPM) tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida, biologik ishlov barqaror va xavfsiz dehqonchilikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati