Paxtachilik sohasidagi yutuqlarni yanada mustahkamlash va hosildorlikni oshirish maqsadida, Paxtachi tumani Ziyevuddin Sanakul MMTPDA joylashgan "Urik guli" fermer xo‘jaligining 10 gektarlik paxta maydonida o‘rganishlar o‘tkazildi. Ushbu o‘rganishlar viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqar

Paxtachilik sohasidagi yutuqlarni yanada mustahkamlash va hosildorlikni oshirish maqsadida, Paxtachi tumani Ziyevuddin Sanakul MMTPDA joylashgan "Urik guli" fermer xo‘jaligining 10 gektarlik paxta maydonida o‘rganishlar o‘tkazildi. Ushbu o‘rganishlar viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Ismoilovning bevosita ishtirokida amalga oshirildi.
O‘rganish davomida paxtaning o‘sish sur’ati, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash chora-tadbirlarining samaradorligi, shuningdek, agrotexnika qoidalariga rioya etilishi sinchiklab o‘rganildi. A. Ismoilov va boshqa mutaxassislar fermer xo‘jaligi xodimlariga o‘z tavsiyalarini berishdi va kelgusida hosildorlikni oshirish bo‘yicha amaliy maslahatlar bilan bo‘lishishdi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal