Paxtachi tumanida defoliatsiya jarayonlari qanday borayapti? Paxtachi tumanida jami 7333 gektar paxta maydoni mavjud bo‘lib, shundan 6107 gektarida defoliatsiya (ya’ni, bargning to‘kilishini rag‘batlantirish) ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Hozirgacha 1008 gektar maydonda bu ishlar ba

26-Sentabr, 2025-yil

Paxtachi tumanida defoliatsiya jarayonlari qanday borayapti?
 
Paxtachi tumanida jami 7333 gektar paxta maydoni mavjud bo‘lib, shundan 6107 gektarida defoliatsiya (ya’ni, bargning to‘kilishini rag‘batlantirish) ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Hozirgacha 1008 gektar maydonda bu ishlar bajarildi. 
 
Defoliatsiya jarayonlarining sifatli va samarali o‘tishini ta’minlash maqsadida, 38 ta maxsus texnikadan 21 tasi ishga jalb etilgan. Ushbu muhim agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish uchun O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi boshqarma boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyev hamda viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazovlar tuman bo‘limlari xodimlari bilan birgalikda maydonlarda bo‘lib, ish jarayonlarini ko‘zdan kechirmoqdalar.


Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati


Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin
@Sam_qishloqxojaligi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech