Paxtachi tumani: Agrar sohada yangilanish va samaradorlikka intilish Paxtachi tumanidagi K.Rajabov MMTP hududida joylashgan "Elita urug‘chilik" xo‘jaligida yaqinda tashkil etilgan ko‘rgazmali seminar agrar sohada yerdan unumli foydalanishning yangicha yondashuvlarini joriy etishga qaratildi. Tad

Paxtachi tumani: Agrar sohada yangilanish va samaradorlikka intilish
Paxtachi tumanidagi K.Rajabov MMTP hududida joylashgan "Elita urug‘chilik" xo‘jaligida yaqinda tashkil etilgan ko‘rgazmali seminar agrar sohada yerdan unumli foydalanishning yangicha yondashuvlarini joriy etishga qaratildi. Tadbirning asosiy maqsadi – "Bir hudud – bir mahsulot" tamoyilini keng targ‘ib qilish va uning amaliy natijalarini namoyish etish edi.
Fermer xo‘jaligi g‘o‘za va g‘alla maydonlari atrofiga 500 tupdan ziyod olcha hamda 850 tupdan ziyod olma daraxtlari ko‘chatlarini ekkan. Bundan tashqari, qator oralariga loviya ekinlari ham joylashtirilib, yerdan har bir qarich unumli foydalanishning yorqin namunasi yaratilgan. Bunday kompleks yondashuv bir maydondan bir necha turdagi mahsulot olish imkonini beradi, bu esa fermer xo‘jaligining daromad manbalarini kengaytirib, iqtisodiy barqarorligini oshiradi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ishchi guruhi a’zolari, tajribali dehqonlar, viloyat boshqarmasi xodimlari, O‘simliklar karantini va himoyasi Samarqand mintaqaviy filiali olimlari, shuningdek, tuman bo‘limlari boshliqlari va inspektorlari faol ishtirok etishdi.
Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-465-sonli qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, mahsulot sifatini oshirish, karantin xavfsizligini ta’minlash va eksport salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi. O‘simliklar karantini va himoyasi tuman bo‘limi inspektorlari fermerlarga bu tamoyilning manfaatli jihatlari bo‘yicha doimiy tushuntirishlar berib, amaliy yordam ko‘rsatmoqdalar. Paxtachi tumanidagi bunday ilg‘or tajribalar agrosanoatda yangi istiqbollarni ochib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shadi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati