Paxta seleksiyasi va agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti direktori akademik Sh.Nomozov va viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Ismoilovlar tomonidan Xitoy

2-Iyun, 2025-yil

Paxta seleksiyasi va agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti direktori akademik Sh.Nomozov va viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Ismoilovlar tomonidan Xitoy texnologiyasi asosida ekilgan maydonlarni o‘rganish, g‘o‘za parvarishi va uning zararli organizmlariga qarshi kurashish bo‘yicha nazorat va o‘rganish ishlari olib borildi. 
 
Ushbu o‘rganishlar paxta yetishtirishda mahsuldorlikni oshirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilganligini ko‘rsatadi. 
 
Nazorat jarayonida Xitoy chigitini o‘g‘itlash va zararli organizmlarga qarshi kurashish usullari samaradorligi tahlil qilindi. 
G‘o‘za parvarishida eng muhim omillardan biri — bu fitosanitar barqarorlikni ta’minlashdir. Zararli organizmlarga qarshi kurashish uchun innovatsion yechimlar, masalan, biologik kurash usullari tavsiya etildi. 
 
Bundan tashqari, fermerlar uchun praktik tavsiyalar berildi, bu ularga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda yordam beradi.

Manba:Axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech