Paxta maydonlarida kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash – hosil kafolati

Paxta maydonlarida kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash – hosil kafolati
O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligining faoliyati mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi rivojida strategik ahamiyat kasb etadi. Yaqinda Agentlik ishchi guruhi a’zosi Sh. Xudoyberdiyev va viloyat boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Ismoilovlar Payariq tumanidagi fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlarida amaliy o‘rganish ishlarini olib bordilar. Ushbu jarayon davomida mutaxassislar g‘o‘za maydonlarida kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash chora-tadbirlari, shuningdek, o‘simliklarni birinchi oziqlantirish ishlarini chuqur o‘rganib chiqdilar. Aniqlangan holatlar yuzasidan fermerlarga hosildorlikni oshirish va ekinlarni himoya qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Bu kabi tizimli ishlar hosilning mo‘l bo‘lishi va agrosanoatda barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, dehqonlarimiz mehnati samarasini oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/Samkarantin