Paxta maydonlarida fitosanitar monitoringning ilmiy ahamiyati Payariq tumani Choshtepa MMTP hududidagi paxta maydonlarida Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Alisher Ismoilov tomonidan fitosanitar holat o‘rganildi.

3-Iyun, 2025-yil

Paxta maydonlarida fitosanitar monitoringning ilmiy ahamiyati 
 
Payariq tumani Choshtepa MMTP hududidagi paxta maydonlarida Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Alisher Ismoilov tomonidan fitosanitar holat o‘rganildi. 
 
Ushbu tadbir – bu paxta maydonlaridagi zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarning turi, tarqalishi va zichligini aniqlashga qaratilgan tizimli ilmiy monitoringdir. 
 
Maydondagi holatni o‘rganishdan maqsad – yig‘ilgan ma’lumotlar asosida zararli organizmlarga qarshi kurash choralarini, ya’ni, biologik, kimoviy, agrotexnik ilmiy asosda, o‘z vaqtida belgilash. Bu paxta hosilini saqlash va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin  - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop  kanal

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech