Pastdarg‘omda paxtachilikda yangilanish: Viloyat kengashining amaliy tavsiyalari

18-Iyun, 2025-yil

Pastdarg‘omda paxtachilikda yangilanish: Viloyat kengashining amaliy tavsiyalari 
 
Pastdarg‘om tumanidagi Zarafshon MMTP hududida joylashgan "Tepa" fermer xo‘jaligida viloyat paxtachilik kengashi a’zolarining tashrifi paxta yetishtirishda innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishga qaratildi. Mutaxassislar, g‘o‘zaning o‘sishini boshqaruvchi preparatlardan samarali foydalanish, mineral o‘g‘itlar bilan to‘g‘ri oziqlantirish va sug‘orish meyorlariga qat’iy rioya qilish muhimligini ta’kidladilar. 
 
Shuningdek, paxta maydonlaridagi zararkunandalarga qarshi kurashda biologik va kimoviy usullarning uyg‘unligini ta’minlash yuzasidan amaliy va ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi. Bu choralar paxta hosildorligini sezilarli oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va agrotexnik jarayonlarni optimallashtirishga xizmat qiladi. Ushbu tadbir tumanda paxtachilik rivojida muhim pog‘ona bo‘lib xizmat qildi.

Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati 
   
  
https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech