Pastdarg‘om tumanining Mashal, Ilm va J.Usupov MFYlarida joylashgan paxta maydonlarida “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Zararli organizmlarni prognozlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha bosh

17-Iyul, 2025-yil

Pastdarg‘om tumanining Mashal, Ilm va J.Usupov MFYlarida joylashgan paxta maydonlarida “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Zararli organizmlarni prognozlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha bosh mutaxassis B.Irnazarovning ma’lumotiga ko‘ra, hozirda maydonlarda o‘rgimchakkana, ko‘sak qurti va boshqa zararkunandalarning tarqalishiga qarshi kurash choralari ko‘rilmoqda. Mutaxassis tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, zararkunandalar sonining ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun profilaktik choralar ko‘rilmoqda va zarur bo‘lgan hollarda kimoviy preparatlardan foydalanish tavsiya etilmoqda. Bundan tashqari, tuproq holati, o‘g‘itlash va sug‘orish tizimi nazorat ostida. “Dolzarb 40 kunlik” davomida paxta hosilini saqlash va uning sifatini oshirishga qaratilgan barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech