Pastdarg‘om tumanining "Bog‘i rohat Asqarjon fayz" f/х da ham g‘o‘za maydonlarida defoliatsiya ishlari boshlandi. Mazkur muhim agrotexnik tadbirni O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi boshqarma boshlig‘i Sh. Xudoyberdiev hamda viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh. Urazovlar shaxsan nazoratga olis

15-Sentabr, 2025-yil

Pastdarg‘om tumanining "Bog‘i rohat Asqarjon fayz" f/х da ham g‘o‘za maydonlarida defoliatsiya ishlari boshlandi. Mazkur muhim agrotexnik tadbirni O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi boshqarma boshlig‘i Sh. Xudoyberdiev hamda viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh. Urazovlar shaxsan nazoratga olishgan. 
 
Defoliatsiya paxta hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olishda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda, ayniqsa, kechpishar va vegetatsiya davri uzun bo‘lgan navlarda, shuningdek, g‘ovlab ketgan, tup soni qalin bo‘lgan maydonlarda "Esefon" preparatidan foydalanish yaxshi samara bermoqda. Ushbu preparat tarkibidagi ta’sirchan moddalar o‘simlikning tabiiy pishish jarayonini tezlashtirib, ko‘saklarning bir tekis ochilishiga yordam beradi. Natijada paxta hosilini 1- terimda to‘liq yig‘ib olish imkoniyati yaratiladi. 
 
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, "Esefon" preparati hosil elementlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan, faqat o‘simlikning barglarini to‘kish va ko‘saklarni tezroq ochishga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech