Pastdarg‘om tumanidagi Yangiobod MMTP hududida joylashgan “Imsin momo” f/x da ichki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini kafolatlashga qaratilgan muhim qadam tashlandi.Xo‘jalik tomonidan dala chetlarida g‘ayrat bilan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bepul ichki fitosanitar sertifik

15-Sentabr, 2025-yil

Pastdarg‘om tumanidagi Yangiobod MMTP hududida joylashgan “Imsin momo” f/x da ichki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini kafolatlashga qaratilgan muhim qadam tashlandi.Xo‘jalik tomonidan dala chetlarida g‘ayrat bilan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bepul ichki fitosanitar sertifikat berildi. 
 
Bu sertifikat fermer yetishtirgan mahsulotning fitosanitar talablarga javob berishini, zararkunanda va kasalliklardan xoli ekanligini tasdiqlaydi. Ushbu tashabbus fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlarini ichki bozorlarga erkin va ishonchli yetkazib berishini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.Bepul xizmat ko‘rsatilishi fermerlarning sarf-xarajatlarini kamaytirib, ularni sifatli va xavfsiz mahsulot yetishtirishga rag‘batlantiradi.Natijada, iste’molchilar ham sog‘lom va sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga ega bo‘ladilar, bu esa aholi salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.


Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech