Pastdarg‘om tumanidagi “Abror Gruzin” fermer xo‘jaligida Xitoy texnologiyasi asosida ekilgan paxta maydonlarini akademik Sh.Nomozov va A.Ismoilovlar o‘rganib, zamonaviy agrotexnologiyalarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratdi. Bu texnologiyalar paxta hosildorligini oshirish, suv va o‘g‘it sarf

2-Iyun, 2025-yil

Pastdarg‘om tumanidagi “Abror Gruzin” fermer xo‘jaligida Xitoy texnologiyasi asosida ekilgan paxta maydonlarini akademik Sh.Nomozov va A.Ismoilovlar o‘rganib, zamonaviy agrotexnologiyalarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratdi. Bu texnologiyalar paxta hosildorligini oshirish, suv va o‘g‘it sarfini kamaytirish, shu bilan birga, ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Xususan, tomchilatib sug‘orish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarish kabi zamonaviy yondashuvlar hosildorlikni sezilarli oshirishga xizmat qilmoqda. 
 
 G‘o‘za parvarishi jarayonida zararli organizmlarga qarshi kurashishda biologik va agrotexnik usullar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Maydonlarda begona o‘tlarni muntazam yo‘qotish, tuproqni tayyorlash, o‘g‘itlash va suv berish tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, entomofaglardan foydalanish, kimoviy vositalarni esa faqat zarurat tug‘ilganda qo‘llash tavsiya etildi. Ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, yangi paxta navlarini tanlashda tola hosildorligi, kasallik va zararkunandaga chidamlilik, tezpisharlik kabi belgilarga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
 
 Ushbu tajriba va tavsiyalar fermerlarga yuqori va sifatli hosil olish, mahsulot xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech