🖥 💻Pastdarg‘om tumanida to‘qsonbosti ekinlari uchun yer tayyorlash ishlari jadal olib borilmoqda ✅Pastdarg‘om tumanining S.Mallayev MMTP hududida joylashgan "Mansurjon G‘olib", "Sadinova Roziya bog‘i" va "Mirishkor Shunqor quvonchi" fermer xo‘jaliklarida to‘qsonbosti ekinlarini ekish uchun dala
🖥 💻Pastdarg‘om tumanida to‘qsonbosti ekinlari uchun yer tayyorlash ishlari jadal olib borilmoqda
✅Pastdarg‘om tumanining S.Mallayev MMTP hududida joylashgan "Mansurjon G‘olib", "Sadinova Roziya bog‘i" va "Mirishkor Shunqor quvonchi" fermer xo‘jaliklarida to‘qsonbosti ekinlarini ekish uchun dala chetlaridagi yer maydonlari tayyorlash ishlari qizg‘in davom etmoqda.
✅Mazkur jarayonlar viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining mas’ul xodimlari hamda tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Bu esa, kelgusida ekiladigan to‘qsonbosti ekinlarining sifatli va zararkunandalardan xoli bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan muhim chora-tadbirdir. Yer tayyorlash jarayonlarida belgilangan agrotexnik talablarga rioya etilishi, shuningdek, karantin va fitosanitariya qoidalarining bajarilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅Bu ishlar tumanning qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, yerlardan samarali foydalanish va aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
😎 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal