Pastdarg‘om tumanida paxtachilikning yangi bosqichi: Zamonaviy yondashuv va tavsiyalar

Pastdarg‘om tumanida paxtachilikning yangi bosqichi: Zamonaviy yondashuv va tavsiyalar
Pastdarg‘om tumanidagi Mevali MMTP hududida joylashgan "Kamalak klaster" MChJning 10 gektarli paxta maydoni viloyat paxtachilik kengashi a’zolari tomonidan o‘rganildi. Xitoy texnologiyasi asosida ekilgan ushbu maydonda g‘o‘za parvarishiga oid muhim tavsiyalar berildi.
Kengash a’zolari g‘o‘zaning o‘sishini boshqaruvchi preparatlar bilan ishlash, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sug‘orish meyorlariga rioya qilish kabi agrotexnik choralarga alohida e’tibor qaratdilar. Shuningdek, zararkunandalarga qarshi biologik va kimoviy kurash usullari yuzasidan ham maslahatlar taqdim etildi.
Mazkur tadbir paxta hosildorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va fermerlarning bilimlarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday yondashuv paxtachilik sohasining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
https://t.me/Samkarantin