Pastdarg‘om tumanida g‘o‘za parvarishiga bo‘lgan yuksak e’tibor doimiy nazorat va ilmiy yondashuvni taqozo etadi. O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi ishchi guruhi a’zosi Sh. Xudoyberdiyev va viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh. Urazov rahbarligida tumandagi g‘o‘za maydonlarida keng qamrovli o‘

11-Avgust, 2025-yil

Pastdarg‘om tumanida g‘o‘za parvarishiga bo‘lgan yuksak e’tibor doimiy nazorat va ilmiy yondashuvni taqozo etadi. O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi ishchi guruhi a’zosi Sh. Xudoyberdiyev va viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh. Urazov rahbarligida tumandagi g‘o‘za maydonlarida keng qamrovli o‘rganishlar olib borildi. 
 
Xususan, "Azizbek Dilmurod", "Farhod Nurboy" hamda "Yodgorova Massar" fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za parvarishining joriy holati, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash choralari batafsil ko‘rib chiqildi. Ushbu mutaxassislarning dalalardagi bevosita ishtiroki va fermerlarga bergan aniq tavsiyalari g‘o‘za hosildorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va sohadagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qilmoqda.


Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin  - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop  kanal

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech