Pastdarg‘om tumanida g‘o‘za maydonlari va feromon tutqichlar monitoringi Pastdarg‘om tumanidagi Chandirobod muqobil MTP hududida g‘o‘za maydonlari va feromon tutqichlarning monitoringi o‘tkazildi. Jarayonda "Bobonazar bobo", "Abror Gurizin chorvasi", "Yuqori Chandir", "Bektosh", "Zulayxo

Pastdarg‘om tumanida g‘o‘za maydonlari va feromon tutqichlar monitoringi
Pastdarg‘om tumanidagi Chandirobod muqobil MTP hududida g‘o‘za maydonlari va feromon tutqichlarning monitoringi o‘tkazildi. Jarayonda "Bobonazar bobo", "Abror Gurizin chorvasi", "Yuqori Chandir", "Bektosh", "Zulayxo Adiba", "Ravshanbek paxta-g‘alla chorva dalasi" kabi fermer xo‘jaliklari qamrab olindi. Ushbu monitoring g‘o‘zalarning rivojlanish holatini, zararkunanda va kasalliklar tarqalishini aniqlash, hamda ularga qarshi kurashishning samaradorligini baholash maqsadida amalga oshirildi.
Feromon tutqichlar orqali olingan ma’lumotlar zararkunandalarning mavjudligi va miqdori haqida aniq tasavvur berdi. Fermer xo‘jaliklariga zararli obyektlarga qarshi o‘z vaqtida va zarur chora-tadbirlarni qo‘llash yuzasidan tavsiyalar berildi. Bu kabi nazorat tadbirlari paxta hosildorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati