O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish yo‘nalishida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining PQ-136-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi rahbari Ibrohim Ergayev hamda viloyat

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish yo‘nalishida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining PQ-136-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi rahbari Ibrohim Ergayev hamda viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Urazovlar Oqdaryo tumanidagi "Eco dry food" MCHJ korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu korxona quritilgan meva mahsulotlarini zamonaviy qadoqlarda Italiya, Polsha, Braziliya va Germaniya kabi dunyoning bir qator davlatlariga muvaffaqiyatli eksport qilmoqda. Bundan tashqari, korxona marinadlangan sarimsoqpiyoz, kovul va uzum barglari kabi qo‘shimcha mahsulotlarni ham eksport bozoriga yetkazib beradi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal