O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tilini joriy qilish borasidagi faoliyatni jamoatchilik asosida tashkil

10-Yanvar, 2025-yil

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tilini joriy qilish borasidagi faoliyatni jamoatchilik asosida tashkil etishga mas’ul etib belgilangan xodimlar uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tashkil etilgan mazkur amaliy seminarda Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi ijro intizomi murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis Nargiza Isaeva ham faol ishtirok etdi. 
Amaliy seminar davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida mavqeini mustahkamlash, til siyosatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar borasidagi faoliyatni rejalashtirish, ularni tizimli ravishda o‘tkazish va natijadorligini oshirishning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikdagi faoliyatning o‘ziga xos jihatlari, milliy til – milliy birlik vositasi, kasbiy faoliyatda va targ‘ibot ishlarida notiqlik mahorati va kommunikativ kompetentlik, tashkilot va muassasalarda davlat tilida ish yuritish tartib-qoidalari bo‘yicha o‘z jamoalarida amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalar, hamda Vazirlik tizimidagi tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilishning amaliy asoslari haqida darslar olib borildi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech