Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi rahbariyatining topshirigʻi asosida viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari

15-Iyul, 2025-yil

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi rahbariyatining topshirigʻi asosida viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari M.Mallayev 2025-yil 18-iyunda Oqdaryo va Ishtixon tumanlaridagi kooperativlar va eksportchi korxonalar bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Uchrashuvda yangi kooperativlar tashkil etish, mavjudlarni edukarantin.uz saytida oʻqitish, zamonaviy qadoqlash va eksport boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhokama qilindi. 

Kooperativlarning eksportga tayyorgarligi, mahsulot sifatini ta'minlash, qadoqlash standartlari va xalqaro talablarga javob berish masalalari koʻrib chiqildi. M.Mallayev kerakli tavsiyalar berib, kooperativlarning samarali faoliyatini ta'minlash, eksport hajmini oshirish va mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi rivojiga hissa qoʻshish boʻyicha yoʻnalishlarni belgilab berdi. 

Uchrashuv qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan muhim tadbir boʻldi.

Bizni kuzatishda davom eting👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech