O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rahbariyatining hududlarda tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi

24-Iyun, 2025-yil

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rahbariyatining hududlarda tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi kooperativlari faoliyati to‘g‘risida kundalik ma’lumotlarni kiritish yuzasidan topshiriqlari soha samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. Mazkur topshiriqlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi qishloq xo‘jaligidagi islohotlarning muvaffaqiyati uchun katta ahamiyatga ega. 
 
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 18 iyun kuni Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Mallayev boshchiligida Urgut va Toyloq tumanlarida tashkil etilgan kooperativlar va eksportchi korxonalar vakillari bilan muhim muloqot o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv kooperativlarning amaliy faoliyati, duch kelinayotgan muammolar va ularning yechimlarini topishga qaratildi. 
 
Muloqot davomida bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Xususan, yangi kooperativlarni tashkil etishdagi asosiy yo‘nalishlar, mavjud kooperativlarni edukarantin.uz sayti orqali o‘qitish va ularning bilimlarini oshirish, zamonaviy qdoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar va eksportchi korxonalar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan kooperativlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish va jahon bozorlariga chiqish uchun zarur bo‘lgan tavsiya va tushuntirishlar berildi. 
 
Umuman olganda, o‘tkazilgan suhbat Samarqand viloyatidagi qishloq xo‘jaligi kooperativlari faoliyatini yaxshilash, ularning eksport salohiyatini oshirish va sohadagi islohotlarni chuqurlashtirishga xizmat qiluvchi muhim tadbir bo‘ldi. Bu kabi uchrashuvlarning muntazam o‘tkazilishi sohadagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni samarali hal etishga imkon beradi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech