O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi Agentligi direktorining 27-dekabr 2024-yildagi 22-sonli buyrug'iga asosan "Respublika

O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi Agentligi direktorining 27-dekabr 2024-yildagi 22-sonli buyrug'iga asosan "Respublika hududlarida yetishtirilayotgan urug' hamda danak mevali bog'larga jiddiy zarar yetkazib, mavsumda hosildorlikka va eksport hajmini keskin kamaytirishga sabab bo'ladigan xavfli organizmlarga qarshi ommaviy kurashni tashkillashtirish, shuningdek,bu haqda keng jamoatchilik orasida targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish" maqsadida 2025-yilning 3-yanvaridan 3-fevraliga qadar "Dolzarb o'ttiz kunlik" deb belgilangan edi.
Ushbu buyruq amali yuzasidan bugun Kattaqo'rg'on tuman bo'limi fitosanitar nazorati davlat inspektorlari tomonidan tumanda joylashgan urug' va danak mevali bog'larga borib, "Dolzarb o'ttiz kunlik" to'g'risida targ'ibot tashviqot ishlari olib borilmoqda...
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin