O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15 maydagi "2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15 maydagi "2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu Farmonga binoan, har oyning ikkinchi shanba va yakshanba kunlari "Oila yoki jamoa bilan sayohatga chiqish kuni" etib belgilangan. Mazkur xayrli tashabbus doirasida, viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining Narpay tuman bo‘limi xodimlari uchun ham mazmunli sayohat tashkil etildi. Bu sayohat ularning dam olishi, hamda o‘z yurti tarixi, madaniyati va go‘zal tabiati bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratdi.Xodimlar mamlakatimizning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va diqqatga sazovor maskanlarini ziyorat qilib, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini oshirdilar. Bunday tadbirlar jamoaviylik ruhini mustahkamlaydi.
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin