O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi ta’minlash maqsadida viloyat o‘simliklar karantini

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi ta’minlash maqsadida viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazov Ishtixon tumanidagi fermer xo‘jaliklarning dala chetlari, ariq-zovurlar atroflariga mevali daraxtlar ko‘chatlarini ekilishi va obodonlashtirish ishlarini tashkil etilishi bo‘yicha nazorat tadbirlarini olib bormoqda.
Shu bilan birga, tumandagi mahallalarda ma’sul xodimlar ishtirokida yig‘ilish seminarlari tashkil etilib, qaror ijrosini ta’minlashga keng jamaotchilikni jalb qilish, ularni xabardor etish hamda fermerlarning o‘z yer maydonlari chetlariga mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishni nazorat qilish bo‘yicha tuman bo‘lim boshlig‘i hamda inspektorlarga topshiriqlar yuklatildi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati