🔹O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 30-dekabrdagi PQ-465 sonli "Qishloq xo'jaligi maydonlaridagi qo'shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko'paytirishga doir chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida:

🔹 Ayni damda Oʻsimliklar karantini va himoyasi Ishtixon tumani boʻlimi boshligʻi T.Xasanov boshchiligida 1-sektor Ravot qoʻrgʻoni MMTP hududidagi fermer xoʻjalik rahbarlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
🔹Seminarda MMTP hududidagi fermer, dehqon xoʻjaliklar hamda tomorqa yer egalari ishtirok etishdi.
🔹 Tadbir davomida maʼsullar tomonidan mazkur qaror mazmun mohiyati atroflicha tushuntirilib, seminar ishtirokchilariga tuman ishchi guruhi rahbarining OGOHLANTIRISH xati asosida tushuncha va tavsiyalar berib oʻtildi.
🔹Shuningdek, T.Xasanov tomonidan seminar qatnashchilariga dala cheti, kanal-kollektor atroflariga mevali koʻchatlar ekmaganlarga qarorda belgilangan ta'sir choralari koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantirib oʻtdi.