O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘ttiz ikki yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, asosiy qonunimizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g‘oyalar atrofida xodimlarni jipslashtirish maqsadida, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan Ichki ishlar akademiyasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 6-dekabr kuni O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida tashkil etilgan tadbirda Agentlik markaziy apparati xodimlari, shuningdek, “ZOOM” platformasi orqali Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi.