🌿O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i B.Xudayqulov boshchiligida Narpay tumani Dedan mahallasida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

17-Iyul, 2025-yil

#Semenar

🌿O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i B.Xudayqulov boshchiligida Narpay tumani Dedan mahallasida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

🪲“2025-yil mavsumida tut parvonasi zararkunandasiga qarshi kurash ishlarini samarali tashkil etish” mavzusida o'tkazilgan seminarda viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi mutaxassislari, tumanlardagi bo‘limlar rahbarlari, “Agropilla” MChJ vakillari, shuningdek, chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati rahbar va xodimlar ishtirok etdi.

👨‍🔬Seminar davomida tut parvonasining tarqalish holatlari, uning ipakchilikka salbiy ta’siri, entomologik nazorat va biologik usullar orqali zararkunandaga qarshi kurashish tajribalari muhokama qilindi.

🛡Mutaxassislar tomonidan zararkunandalarni erta aniqlash, aniqlangan o‘choqlarda tezkor va samarali kurash choralari ko‘rish, biologik va kimyoviy vositalardan oqilona foydalanish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling!

✅|Telegram (https://t.me/Narpay_tuman_hokimligi)| ✅|Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100041775135927)| 🌐|Instagram (https://www.instagram.com/narpay_tuman_hokimligi/)| ✅|Telegram (https://t.me/narpaylikk)| 🌐|Veb sayt (https://narpay.uz/)|

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech