🇺🇿 O‘zbekiston Quvaytga ho‘l meva va poliz mahsulotlari eksportini kengaytirmoqda

8-Avgust, 2025-yil

🇺🇿 O‘zbekiston Quvaytga ho‘l meva va poliz mahsulotlari eksportini kengaytirmoqda

🗺 Buxoroda yetishtirilgan shaftoli, o‘rik, olxo‘ri, tarvuz va qovunlarni endi Quvayt bozorida ham ko’rasiz!

🖊 O‘zbekistonning Quvaytdagi elchixonasi ko‘magida “National Agroforte” korxonasi va Quvaytning “Kuwaiti Star Fruit Co.” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida 1,2 tonna mahsulot jo‘natildi.

🍉  Shuningdek, “Milliy Agroforte” yana bir quvaytlik hamkor — “Suma Fruits International Co.” kompaniyasiga ham 1,3 tonna yangi uzilgan meva eksport qildi.

Iyul oyidan beri Quvaytga umumiy hisobda 2,5 tonna ho‘l meva va poliz mahsulotlari yetkazib berildi.

🤝 Bu hamkorlik O‘zbekiston mahsulotlarining Yaqin Sharq bozoridagi mavqeini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo’lib xizmat qilmoqda.

☎️ Murojaat, savol va takliflar uchun: 
+998 (71) 202-77-78 (1582)
 👨‍🦱  Mas'ul xodim: Ilyosbek Ikromjanov

🔰 karantin.uz   ✈️ Telegram (https://t.me/uzdavkarantinuz) 📱Facebook (https://m.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=bookmarks) 📱Instagram (https://instagram.com/uzdavkarantin?igshid=1cdfcmut771vo) 
📺Youtube (https://www.youtube.com/@uzdavkarantin/featured) ✖️Twitter (https://twitter.com/uzdavkarantin)

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech