O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Koreya Respublikasi investorlari mamlakatimizga turli sohalardagi yuqori malakali mutaxassislarni jalb etmoqda.

O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Koreya Respublikasi investorlari mamlakatimizga turli sohalardagi yuqori malakali mutaxassislarni jalb etmoqda.
Tibbiyot, ta’lim (maktab va oliy ta’lim) va qishloq xo‘jaligi kabi sohalardagi koreyalik ekspertlar O‘zbekistonga tashrif buyurib, mavjud infratuzilma va ehtiyojlar bilan yaqindan tanishmoqda. Ularning asosiy maqsadi – mamlakatimizdagi ehtiyojlarni aniqlab, tegishli sohalarga investitsiya kiritish. Koreyalik mutaxassislar viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining fitosanitar laboratoriyasida bo‘lib, laboratoriyaning faoliyati bilan tanishdilar va laboratoriyaning imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘llarini muhokama qildilar. Bu hamkorlikning samarali natija berishi va O‘zbekistonning tegishli sohalardagi rivojlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting👇👇
https://t.me/Samkarantin