O‘simliklar karantini va himoyasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazovning Ishtixon tumanidagi g‘o‘za maydonlarini qilgan nazorati,qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi muhim tadbirlardan biri ekanligini ko‘rsatib berdi.

Ushbu nazorat doirasida tumanda g‘o‘zaning zararli organizmlariga qarshi olib borilayotgan izchil ishlar hamda inspektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan doimiy dala nazoratining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Ayniqsa,maydonlarga o‘rnatilgan firomon tutqichlar orqali olib borilayotgan kuzatuv va nazorat tadbirlari, zararkunandalarning tarqalishini oldini olishda va hosilning saqlanib qolishida muhim rol o‘ynaydi.Bu kabi tizimli nazorat va profilaktika tadbirlari,dehqonlarimizning mehnati samarasini oshirib, yurtimizning eksport salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal