O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Urazov va Ishtixon tumani qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hokim o‘rinbosari Vaxob Tursunovlar tumandagi g‘o‘za parvarishi jarayonlari va paxta qabul qilish manzilgohlaridagi tayyorgarlik ishlarini o‘rganishdi. Bu kabi sayyor oʻrganishlar ma

21-Avgust, 2025-yil

O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Urazov va Ishtixon tumani qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hokim o‘rinbosari Vaxob Tursunovlar tumandagi g‘o‘za parvarishi jarayonlari va paxta qabul qilish manzilgohlaridagi tayyorgarlik ishlarini o‘rganishdi. Bu kabi sayyor oʻrganishlar mavsumga mukammal tayyorgarlik ko‘rish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday muammolarni oldindan aniqlash, ularni operativ hal etish hamda yakunda yuqori hosildorlikka erishib, sifatli paxta xomashosini yetishtirishni ta’minlash kabi dolzarb vazifalarni o‘z ichiga oladi. 
 
Ayniqsa, g‘o‘zalarning rivojlanish bosqichi, ularga nisbatan qo‘llanilayotgan agrotexnik tadbirlarning samaradorligi, xususan, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarning sifati qattiq nazoratga olingan. Bu jarayonda o‘simliklarni himoya qilishning ilg‘or usullaridan foydalanish, biomahsulotlarni qo‘llash, shuningdek, davlat va xususiy sektor hamkorligida bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish ko‘zda tutilgan. 

Shu bilan birga, yetishtirilgan paxta xomashosini qabul qilish, uni malakali saralash, saqlash va sifatli qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha infratuzilmalar, birinchi navbatda, paxta qabul qilish maskanlarining moddiy-texnik bazasi, ularning mavsumga to‘liq tayyorligi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar alohida diqqat markazida turibdi. 

Tadbirkorlik subyektlari, klasterlar va fermer xo‘jaliklari bilan yaqin va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni barcha darajada muhokama qilib, tezkor hal etish bugungi kunning asosiy vazifasi bo‘lib qolmoqda

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech