O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Urazov hamda Ishtixon tumani qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hokim o‘rinbosari Vaxob Tursunovlar tumandagi paxta qabul qilish manzilgohlarida tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha ish olib bormoqdalar.

Ular, xususan, paxta xomashosiga ishlov berishga mo‘ljallangan barcha turdagi texnikalarning mavsumga tayyorligini, zarur ehtiyot qismlar va yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlanganligini tekshirishdi. Shuningdek, omborxonalarning holati va yetarli zaxiralar mavjudligi ham nazoratdan o‘tkazildi. Bu sa’y-harakatlar paxta mavsumini uyushqoqlik bilan boshlash, xomashyo sifatini saqlash va yuqori saviyada yig‘ib-terib olishga tayyorgarlikni to‘liq ta’minlashga qaratilgan.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal