O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligining ishchi guruhi a’zolari, jumladan, Sh.Xudoyberdiyev, tashqi karantin nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Qobilov va Agentlikning viloyat boshqarmasi boshlig‘i

3-Iyun, 2025-yil

O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligining ishchi guruhi a’zolari, jumladan, Sh.Xudoyberdiyev, tashqi karantin nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Qobilov va Agentlikning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazovlar Ishtixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-136 qarorida belgilangan tamoyillar asosida yangi kooperatsiyalar ochish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni olib bormoqdalar. 
 
Bu sa’y-harakatlar tumanning agrosanoat salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, fermerlarni “Bir hudud – bir mahsulot” tamoyili asosida birlashtirishni ko‘zda tutadi. Kooperatsiyalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksportga yo‘naltirish jarayonlarini optimallashtirishga xizmat qiladi. Bu esa mahalliy dehqonlarning daromadlarini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tizimli yondashuv Ishtixon tumanining iqtisodiy rivojlanishi va eksport salohiyatini mustahkamlashga zamin yaratadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech