O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining boshqarma boshlig‘i Sh. Xudoyberdiyev va viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Urazov Paxtachi tumanidagi g‘o‘za maydonlarini tekshirishdi.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining boshqarma boshlig‘i Sh. Xudoyberdiyev va viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Urazov Paxtachi tumanidagi g‘o‘za maydonlarini tekshirishdi.
Ular fermer xo‘jaliklaridagi g‘o‘za ekinlarini ko‘zdan kechirib, ko‘sak qurti, o‘rgimchakkana va qandala kabi zararkunandalarga qarshi kurash choralarini baholashdi. Dala daftarlari va feromon tutqichlar nazorat qilindi. G‘o‘zaning holati, zararlanish darajasi va qo‘llanilayotgan himoya vositalari tahlil qilindi. Fermerlar bilan suhbatlashib, muammolar va yechimlar muhokama qilindi. Tuman bo‘limi inspektorlariga zararkunandalarga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Bu tadbirlar g‘o‘za hosilini saqlash va fermerlar daromadini oshirishga yo‘naltirilgan.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin