O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligining bosh mutaxassisi Sherali Qobilov va viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Urazovning Urgut tumaniga tashrifi muhim ahamiyat kasb etdi. Ular "Diyor Agro EKOFRUITS" MCHJ eksportor korxonasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarini n

O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligining bosh mutaxassisi Sherali Qobilov va viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Urazovning Urgut tumaniga tashrifi muhim ahamiyat kasb etdi. Ular "Diyor Agro EKOFRUITS" MCHJ eksportor korxonasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarini nazorat qildilar.
Nazoratdan ko‘zlangan asosiy maqsad – mahsulot sifati, xavfsizligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlashdir. Bunday nazorat tizimi O‘zbekistonning agrar salohiyatini oshirish, eksport bozorlaridagi mavqeyini mustahkamlash va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Agentlik vakillari korxona faoliyatini yanada takomillashtirish va eksport hajmini ko‘paytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar.
Bunday kompleks yondashuv mamlakatning qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.
Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin