O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi paxta hosilini himoya qilish va sifatini oshirish borasida tizimli ishlarni davom ettirmoqda.Agentlik ishchi guruhi a’zosi

O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi paxta hosilini himoya qilish va sifatini oshirish borasida tizimli ishlarni davom ettirmoqda.Agentlik ishchi guruhi a’zosi Sh.Xudayberdiev va va viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazovlar Pastdarg‘om tumanidagi Mevali, M.Ulug‘bek, Ilm, N.Nortaev, A.Temur muqobil MTP hududlaridagi g‘o‘za maydonlarida fitosanitariya nazoratini o‘tkazdilar.
Nazorat davomida feromon tutqichlarning samaradorligi, sadsh suyuqligi holati va dala daftarlarining to‘g‘ri yuritilishi sinchiklab tekshirildi. "Dolzarb 40 kunlik" tadbiri doirasida esa fermerlar bilan muloqotlar tashkil etilib, o‘rgimchakkana,ko‘sak qurti,qandala kabi g‘o‘zaning asosiy zararkunandalariga qarshi kurashning ilmiy asoslangan usullari bo‘yicha batafsil tavsiyalar berildi.Fermerlarga zararkunandalarga qarshi samarali kurash choralarini qo‘llash,agrotexnik qoidalarga qat’iy rioya qilish muhimligi tushuntirildi.Tuman bo‘limi inspektorlariga fermerlarga doimiy amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.