O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi direktori I.K.Ergashev va viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazovlar Oqdaryo tumanidagi g‘o‘za maydonlarida parvarish ishlari bilan tanishdilar.

O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi direktori I.K.Ergashev va viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazovlar Oqdaryo tumanidagi g‘o‘za maydonlarida parvarish ishlari bilan tanishdilar.
Tashrif chog‘ida tumanda g‘o‘zaning zararli organizmlariga qarshi olib borilayotgan ishlar hamda inspektorlar tomonidan doimiy dala nazoratining amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi. Xususan, g‘o‘za maydonlariga qo‘yilgan firomon tutqichlar orqali doimiy kuzatuv nazoratlari olib borilmoqda. Bu kabi nazoratlar mahsuldorlikni oshirish va o‘simliklarni zararli ta’sirlardan himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal