O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi boshqarma boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyev, viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh. Urazov va tuman bo‘limi inspektorlari Ishtixon tumanidagi g‘o‘za maydonlarini rejali ravishda nazoratdan o‘tkazishmoqda.

Nazorat davomida g‘o‘za ekinlarining fitosanitariya holati, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash chora-tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi sinchiklab o‘rganilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan g‘o‘za maydonlaridagi o‘simliklarning rivojlanishi, kasallik va zararkunandalarning tarqalish darajasi aniqlanmoqda. Shuningdek, dala daftarlarining to‘g‘ri yuritilishi, fitosanitariya tadbirlarining samaradorligi baholanmoqda.
Nazorat natijalari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, kelgusidagi ishlar rejasi belgilanmoqda. Bu kabi nazorat tadbirlarining muntazam o‘tkazilishi sohadagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishga yordam beradi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✅ https://t.me/Samkarantin