O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi boshqarma boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyev va viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazov, tuman bo‘limlari xodimlari bilan hamkorlikda, Oqdaryo tumanida g‘o‘za maydonlarida olib borilayotgan defoliatsiya jarayonlarini nazorat qildi.

Tadbir davomida rahbarlar defoliatsiya ishlarining belgilangan muddatlarda, tavsiya etilgan preparatlar va meyorlarda amalga oshirilayotganligiga, shuningdek, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratdilar. Paxta maydonlarining tozaligi, ko‘saklarning ochilish holati va ishlatilayotgan texnikalar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tuman bo‘limlari va mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, jarayonlarning talablarga muvofiq va samarali o‘tkazilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Ushbu nazorat tadbirlari, paxta hosilining sifatini oshirish va muddatida terimini tashkil etishga qaratilgan muhim qadamdir.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati