Oqdaryo tumanida paxta va g'alla maydonlari o'rganildi Samarqand viloyati O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A. Ismailov, Oqdaryo tuman bo'limi boshlig'i D. Qlichev hamda yetakchi mutaxassis O. Shakarovlar tomonidan

1-May, 2025-yil

Oqdaryo tumanida paxta va g'alla maydonlari o'rganildi

Samarqand viloyati O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A. Ismailov, Oqdaryo tuman bo'limi boshlig'i D. Qlichev hamda yetakchi mutaxassis O. Shakarovlar tomonidan Yangiobod MMTP hududidagi "Eshnazar Umur Hosili" fermer xo'jaligining g'alla va g'o'za maydonlari o'rganildi. O'rganish davomida boshqarma boshlig'i o'rinbosari tomonidan ayni vaqtda g'o'za maydonlarida tarqalishi mumkin bo'lgan zararli organizmlar va ularga qarshi kurashish hamda g'o'za maydonlarida qanday agrotexnik tadbirlar olib borish kerakligi bo'yicha tuman ma'sullariga  tushuncha va ko'rsatmalar berib o'tildi. Shuningdek, g'alla maydonlarida hozirgi vaqtda amalga oshirilishi kerak bo'gan so'nggi agrotexnik tadbirlar bo'yicha muhim tavsiyalar berildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech