Oqdaryo tumanida Kuzgi “raskopka” (yer kovlash) bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi. Bugun Samarqand viloyati Oqdaryo tumani M.Ulug'bek MMTP hududidagi "Shuxrat Zamin Hosili" fermer xo'jaligi dala maydonlarida kuzgi "raskopka" (yer kovlash) bo'yicha amaliy

25-Noyabr, 2025-yil

Oqdaryo tumanida Kuzgi “raskopka” (yer kovlash) bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi. 

Bugun Samarqand viloyati Oqdaryo tumani M.Ulug'bek MMTP hududidagi "Shuxrat Zamin Hosili" fermer xo'jaligi dala maydonlarida kuzgi "raskopka" (yer kovlash) bo'yicha amaliy seminar bo'lib o'tdi. Seminarda Viloyat O'simliklar karantini va himoyasi bo'limi xodimlari va tuman O'simliklar karantini va himoyasi bo'limi xodimlar ishtirok etishdi. Seminar davomida viloyat ma'sullari tomonidan tuman masullariga har yili zararli organizmlar (zararkunanda, kasallik va begona oʻt) tufayli hosilning qariyb 35-40 foizi yoʻqotilishi  mutaxassislar tomonidan isbotlanganligi, qishloq xoʻjaligida zararli organizmlarning rivojlanish, tarqalishini toʻgʻri bashorat qilinsa, oʻz vaqtida kimyoviy vositalarsiz qarshi kurash ishlarini olib borishga, organik, fitosanitar toza eksportbop mahsulotlarni yetishtirishga zamin yaratilishi tushuntirib o'tildi.


Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

💬 https://t.me/Samkarantin  - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop  kanal

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech