Oqdaryo tumanida intensiv agrotexnologiya usulida ekilgan xorijiy chigit maydonlari nazorat qilindi Samarqand viloyati O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari A. Ismailov Oqdaryo

Oqdaryo tumanida intensiv agrotexnologiya usulida ekilgan xorijiy chigit maydonlari nazorat qilindi
Samarqand viloyati O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari A. Ismailov Oqdaryo tumanida bo'lib tuman bo'lim boshlig'i D. Qlichev hamda yetakchi mutaxassis O. Shakarovlar bilan birgalikda Dahbet MMTP hududidagi "Madinabonu Bog'i" fermer xo'jaligining intensiv agrotexnologiya (plyonka ostida) usulida ekilgan xorijiy chigit maydonlarida nazorat tadbirlari olib borildi. Tashrif davomida boshqarma boshlig'i o'rinbosari tomonidan tuman ma'sullari hamda fermer xo'jaligi rahbariga ayni damda g'o'za maydonlarida kechiktirib bo'lmas agrotexnik tadbirlar o'z vaqtida olib borish kerakligi bo'yicha muhim tavsiyalar berib o'tildi. Shuningdek g'o'za maydoniga o'rnatilgan feramon tutqichlar monitoring qilindi.