Oqdaryo tumanida g‘o‘za parvarishini yanada takomillashtirish maqsadida, dalalardagi holatni doimiy nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Yaqinda viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Ismoilov boshchiligida tumandagi paxta maydonlarida chuqurlasht

Oqdaryo tumanida g‘o‘za parvarishini yanada takomillashtirish maqsadida, dalalardagi holatni doimiy nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Yaqinda viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Ismoilov boshchiligida tumandagi paxta maydonlarida chuqurlashtirilgan o‘rganishlar o‘tkazildi.
Xususan, Samarqand MMTP hududidagi "Oqdaryo namuna yuksalish" fermer xo‘jaligi hamda Zarafshon MMTPdagi "Beknazarova Turdiyoy" fermer xo‘jaligining paxta maydonlari sinchiklab tekshirildi. O‘rganishlar jarayonida g‘o‘zaning o‘sish-rivojlanish sur’atlari, agrotexnik tadbirlarning sifati, shuningdek, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash choralarining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar fermerlarga zarur tavsiyalar berib, mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tishdi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin