Oqdaryo tumanida g‘o‘za parvarishi: Аgentlik nazoratida Oqdaryo tumanida g‘o‘za parvarishi mavsumi qizg‘in pallaga kirgan bir davrda, hosildorlikni ta’minlash va o‘simliklarni zararkunandalardan samarali himoya qilish dolzarb masala bo‘lib

3-Iyun, 2025-yil

Oqdaryo tumanida  g‘o‘za parvarishi: Аgentlik nazoratida 
 
Oqdaryo tumanida g‘o‘za parvarishi mavsumi qizg‘in pallaga kirgan bir davrda, hosildorlikni ta’minlash va o‘simliklarni zararkunandalardan samarali himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bu muhim vazifaning ijrosini nazorat qilish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi ishchi guruhi a’zolari, xususan, Sh. Xudoyberdiyev, viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh. Urazov hamda boshliqning birinchi o‘rinbosari A. Ismoilovlar Oqdaryo tumanida bo‘ldilar.
 
Ishchi guruh a’zolari tumanning g‘o‘za maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, zararkunandalarga qarshi kurash holati va mavjud muammolarni o‘rganishdi. Ular fermerlar bilan muloqot qilib, g‘o‘zani parvarishlashda qo‘llanilayotgan ilg‘or usullar va ularning samaradorligiga e’tibor qaratdilar. Shuningdek, o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan asrashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan feromon tutqichlarning holati ham sinchkovlik bilan nazoratdan o‘tkazildi. Feromon tutqichlar zararkunandalarning turi va sonini aniqlashda muhim indikator bo‘lib xizmat qiladi, bu esa kurash choralarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida rejalashtirishga imkon beradi. 
 
Ushbu nazorat tadbirlari davomida aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari rahbarlariga aniq tavsiyalar berildi. Maqsad – har bir g‘o‘za tupining sog‘lom o‘sishini ta’minlash, hosilga hech qanday xavf tug‘dirmaslik va pirovardida tumanning iqtisodiy farovonligini oshirish. Agentlik vakillarining bu kabi tizimli nazorati g‘o‘za yetishtirishda sifat va samaradorlikni oshirishga xizmat qilib, dehqonlar mehnatini yanada qadrlash va ularga ko‘mak berishning muhim namunasi bo‘lаdi.


Bizni kuzatishda davom eting

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech