Oqdaryo tumanida g‘o‘za maydonlarini o‘rgimchakkanadan himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazov boshchiligidagi tuman bo‘limi mutaxassislari zararlanish darajasini aniqlab,tegishli himoya choralarini

3-Iyun, 2025-yil

Oqdaryo tumanida g‘o‘za maydonlarini o‘rgimchakkanadan himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazov boshchiligidagi tuman bo‘limi mutaxassislari zararlanish darajasini aniqlab,tegishli himoya choralarini rejalashtirmoqda. 
 
Bu choralar biologik,kimoviy va agrotexnik usullarni o‘z ichiga oladi.Kimoviy usullarda o‘rgimchakkanaga qarshi samarali samarali preparatlardan foydalaniladi. Biologik usul orqali esa biomahsulotlar qo‘llashni o‘z ichiga oladi.Agrotexnik choralar sifatida esa to‘g‘ri parvarish va sug‘orish rejimiga rioya qilish muhimdir. 
 
Mutaxassislar fermerlarga zamonaviy himoya usullari bo‘yicha foydali maslahatlar berishmoqda. 
 
Maqsad – hosilni saqlash, fermer xo‘jaliklarining samaradorligini oshirish va ekologik muvozanatni ta’minlash. 
 
Ko‘sak qurti kapalagiga qarshi kurashda feromon tutqichlar samarali bo‘lishi mumkinligi alohida ta’kidlanmoqda.

MANBA: Axborot xizmati


https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech