Oqdaryo tumanida "G'o'za maydonlarida kechiktirib bo'lmas agrotexnik tadbirlar" yuzasidan amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Oqdaryo tumanida "G'o'za maydonlarida kechiktirib bo'lmas agrotexnik tadbirlar" yuzasidan amaliy seminar bo'lib o'tdi.
Oqdaryo tumani Dahbet MMTP hududidagi "Madinabonu bog'i" fermer xo'jaligining xorijiy chigit ekilgan maydonida Viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A. Ismailov, Tuman hokiminig qilshloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari O. Shodmonov, Tuman O'simliklar karantini va himoyasi bo'limi xodimlari, Tuman Qishloq xo'jaligi bo'limi xodimlari, MMTP raislari va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirokida "G'o'za maydonlarida kechiktirib bo'lmas agrotexnik tadbirlar" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar davomida O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A. Ismailov so'zga chiqib ayni damda g'o'za maydonlarida uchraydigan shira-trips hamda o'rgimchakkanaga qarshi zudlik bilan oltinko'z entomofagi bilan biologik hamda kimyoviy ishlovlar berish kerakligi bo'yicha muhim tavsiyalar berib o'tdi.