Oqdaryo tumanida g'o'za maydonlari va feramon tutqichlar monitoring qilindi. Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A.Ismоilov, Biolaboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha yetakchi mutaxassis J. Narzullayev, Oqdaryo tuman bo'

Oqdaryo tumanida g'o'za maydonlari va feramon tutqichlar monitoring qilindi.
Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A.Ismоilov, Biolaboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha yetakchi mutaxassis J. Narzullayev, Oqdaryo tuman bo'limi boshlig'i D.Qlichev hamda tuman yetakchi mutaxassisi O. Shakarovlar tomonidan Z.M,Bobur MMTP hududidagi "Shirinbonu Sabzavotlari" fermer xo'jaligi g'oza maydonlarida ayni damda g'o'za maydonlariga jiddiy zarar yetkazadigan o'rgimchakkana hamda ko'sak qurti zararkunandalari bo'yicha nazoratdan o'tkazildi.
Nazorat davomida viloyat ma'sullari tomonidan tuman ma'sullariga g'o'za maydonlarida ayni damda o'tkazilishi kerak bo'lgan muhim agrotexnik tadbirlar bo'yicha kerakli tavsiya va tushunchalar berib o'tildi.
Shuningdek, g'o'za maydonlariga o'rnatilgan feramon tutqichlar monitoring qilindi.
Bizni kuzatishda davom eting👇👇
https://t.me/Samkarantin